Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #29168

Zakovat savoli #29168

Portugaliya qo'shinlari Afrika qabilalari bilan urush paytida ularga jungli ichida tez-tez pistirma qo'yishgan. Ammo, Afrikaliklar har safar bilib qolaverishgan. Qanday qilib buni uddasidan chiqishayotganini tushungan Portugaliyaliklar, Yevropadan bir narsani olib kelib, uni pistirma qo'yishda ishlatishni boshlashadi. Buning natijasida, Afrikaliklar oson tuzoqqa tushishni boshlashadi.
Savol: Portugaliyaliklar Yevropadan nima olib kelishgan?
Javobni ko'rish

ovozli kinematograf. (Magnitafon javobi hisobga olinmaydi!) Izoh: Tasavvur qiling, qalin junglida 100ta askar pistirmada o'tiribdi. Begonalardan cho'chigan o'rmon hayvonlari va qushlari iniga kirib ketishgan. Natijada o'rmon jim-jit bo'lib qolgan. Buni mahalliy qabila vakillari yaxshi tushunishgan va agar, oldinda o'rmon tinchib qolgan bo'lsa, unda pistirma borligini bilishgan. Shuning uchun Portugaliyaliklar Yevropadan ovozli kinematografni olib kelishadi va o'rmon ovozini yozib olib uni imitatsiya qilishadi. Natijada, mahalliy qabilalar jangchilari osongina Yevropaliklarning pistirmalariga tushib qolishgan. Manba: Wikipedia.org, 2016-yil.

Boshqa savollar