Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #29155

Zakovat savoli #29155

Bilamizki, Temuriylar davlatini boshqarishda malikalar alohida o'rin tutgan. Ushbu malika oqila va farosatli ekanligi bilan mashhur bo'lgan hamda u eriga o'z hukmlarini o'tkaza olgan. O'ziga qarshi chiqqan nevarasini jazolash uchun Sherozga borar ekan, hukmdor o'zi bilan xotinini ham olib ketadi. U yerda nafaqat shaxzodaning oila a'zolari, balki malikaning qatiy talabi bilan sayyidlar ham o'limga mahkum etiladi. Xudojoy bo'lishiga qaramasdan hukmdor talabni bajarishga majbur bo'ladi. Sayyidlarga nisbatan bunday hukm chiqarishga hatto Amir Temur ham jurat qilolmasdi. Ammo bu qaror tez orada o'z kuchini ko'rsatdi. Duoibad olgan va qarg'ishga qolgan hukmdor tez orada nafaqat vafot etdi, balki butun avlodiga ham qiron keldi. Agar siz qaysi malika yoki hukmdor ekanligini bilgan bo'lsangiz, ularning birinchi farzandlari ismini ayting?
Javobni ko'rish

Mirzo Ulug'bek

Boshqa savollar