Zakovat savoli #29107
U Portugaliyada ishga chiqmaslik uchun asos bo‘ladigan sabab hisoblanadi. Para shaharchasidagi mahalliy aholi UNGA qarab o‘z soatlarini to‘g‘irlab olishadi. U tufayli bir sport turi ham paydo bo‘lgan ekan. XVII asrdagi qonunga ko‘ra Buyuk Britaniyada U tufayli bir qancha inson qatl ham qilingan. Menimcha, U haqida yetarlicha bera oldim deb o‘ylayman. Bir necha daqiqadan so‘ng ekran orqali uni ko‘rishingiz ham mumkin bo‘ladi. Marhamat, UNI ayting?
Javobni ko'rish
Yomg‘ir. Izoh: Portugaliyada yomg‘ir yoqqanligi uchun ishga bormaslik sababli hisoblanarkan. Para shaharchasida har kuni bir xil vaqtda yomg‘ir yog‘arkan, shu sababli mahalliy aholi soatlarini yomg‘irga qarab to‘g‘rilab olisharkan. Yomg‘ir tufayli darts o‘yini dunyoga kelgan, ya’ni bir safar kamonchilar musobqasida yomg‘ir yog‘ib qolgan va ular qahvaxonaga kirib, qisqaroq o‘q-yoylarda musobaqani davom ettirishgan, natijada darts sporti yuzaga kelgan. XVII asrda Buyuk Britaniyada yomg‘ir yog‘ishi haqida noto‘g‘ri ma’lumot bergan sinoptiklar o‘limga hukm qilingan..