Zakovat savoli #29096
Yusuf Xos Hojibning "Qutadg'u bilig" asarida beklar yashaydigan va faoliyat ko'rsatadigan qarorgoh BU atamasi bilan atalgani yoziladi. Muhammad Bobur "BU - mog'ulcha ottur, go'rxonani mog'ul tili birla BU derlar" deb yozgan. Tarixchi Mahmud ibn Vali BU so‘zning ko‘shk ma’nosini qayd etib, uni mo‘g‘ulcha so‘z deb zikr etgan.
Savol: BU so'zni yozib bering?
Savol: BU so'zni yozib bering?
Javobni ko'rish
Qarshi Izoh: Chingizxon saltanatidan so‘ng Qarshi shahri nomlanishiga asos bo‘lgan qo‘rg‘onning qurilganligi Boburning “qarshi – mo‘g‘ulcha ottur” deyishiga sabab bo‘lganligi ayon. “Go‘rxonani mo‘g‘ul tili birla qarshi derlar” deyishining boisi Kepakxon qurdirgan qasrda xon avlodi, ulug‘ ruhoniy va mo‘tabar shaxslar qabri bo‘lganligi, mo‘g‘ullardan so‘nggi rahbarlar bu qasrda yashamaganligi, qasrning qarorgohlik maqomini yo‘qotishidir.