Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #29085

Zakovat savoli #29085

Bundan bir necha asrlar oldin yapon orollariga yengilmas hisoblangan mog'ul kemalari hujum qiladi. Yapon xalqi bu urush ular uchun fojea bilan tugashini bilib mog'ul kemalari kirib kelayotgan qirg'oq sohilariga kelib o'z xudolariga iltijo qila boshlashadi va kutilmaganda kuchli shamol esib katta to'fonlar hosil bo'ladi. Buning oqibatida juda katta mog'ul kemalari suv qariga ravona bo'ladi. Bu voqeaga guvoh bo'lib turgan yapon xalqi bu shamolni "Ilohiy shamol" deb ataydi
Keyinchalik va hozirgi kunda ham bu "ilohiy shamol" so'zi juda ham ko'p qo'llanib kelinadi.
Savol: "Ilohiy shamol" so'zining hozirgi biz bilgan yaponcha nomi nima?
Javobni ko'rish

«Ilohiy shamol» yapon tilida «kamikadze» deyiladi, ya'ni «kami» – ilohiy, «kadze» – shamol.

Boshqa savollar