Zakovat savoli #29052
"U" ning lotincha nomini tarjima qilar ekanmiz, "xalq" degan ma'noga ega ekanligini ko'ramiz. Afsonalarga ko'ra Zevs va Gerakl Aidning qarorgohiga aynan unda tushadi. U yunonlar uchun muqaddas, zero ular Faetonning opalaridir. Umuman olganda, u bilan bog'liq ko'pgina mif-asotirlar g'amginlik va o'lim bilan bog'liq. Bizda esa juda kerakli va muhim hisoblanadi. U sanoatda keng qo'llaniladi. Hattoki, undan etil spirti olinishi ham bor gap ( manbasi Wikipedia). Qo'shimcha ma'lumot sifatida aytish mumkinki, Sobiq Ittifoq davrida olingan film ham uning nomi bilan bog'liq ( Toshkentdagi zilzila haqida).
Savol: yuqorida gap ketgan "u" nima?
Savol: yuqorida gap ketgan "u" nima?
Javobni ko'rish
"U" - terak. Izoh sifatida aytish mnki, lotinchada terak "populus" ("xalq") deb aytiladi. Shuningdek, u yog'och, mebel, qog'oz va etil spirti, chorva un ozuqa olish un foydalaniladi. Toshkent zilzilasi haqidagi kinofilm esa "13 terak ko'chasi" deb nomlanadi (1969-70)