Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #29029

Zakovat savoli #29029

Yapon kemalaridan biri uzoq sayohatdan so'ng qirg'oqqa qaytar ekan, kapitan yuvinib olmoqchi bo'libdi. Shu maqsadda qo'lidagi qimmatbaho Rolex soati va olmos qadalgan bilakuzugini yechib, javonga qo'yibdi. Qaytgach esa ikkalasi ham joyida yo'qligini bilibdi hamda darhol kemaning 4 ta turli millatga tegishli bo'lgan a'zolarini chaqirib, o'sha paytda nima qilganliklarini so'rabdi. Ularning javoblari quyidagicha edi:
1. Oshpaz: oshxonada edim, sendvich tayyorlayotgandim.
2. Injener: generatorning oldida edim, uni tekshirayotgandim.
3. Matros: palubaga ilingan bayroq teskari bo'lib qolgan ekan, to'g'irlab qo'ydim.
4. Yordamchi: charchagan ekanman, uxlab qolibman.
Bu gaplarni eshitib, kapitan kim aybdor ekanini darhol fahmlabdi. Savol: sizningcha o'g'ri kim izohi bilan qabul?
Javobni ko'rish

o'g'ri - matros. Izoh: Yaponiya bayrog'i teskari (xoh vertikal, xoh gorizantal) bo'lib qolsada uning qiyofasi o'zgarmaydi. Shuning uchun, bayroqning teskari yoki o'ng ekanligini aniqlashning iloji yo'q

Boshqa savollar