Zakovat savoli #29018
Savol: Siz "chizgan chizig'imdan chiqma" iborasini eshitgansiz, albatta. To'y oldi buvim bilan bir ishni qilayotganimizda, ular bu iborani asl ma'nosida qo'lladilar. Ular chizgan chiziqni uyog'iga ham buyog'iga ham chiqib ketmay bir ish qilishim kerak. Buni ham mehnatkash momolarimiz topishmaganmikan deb o'ylab qoldim. Biz qanday ish bilan shug'ullanayotgandik?
Javobni ko'rish
ko'rpa qavish Izoh: ko'rpaga paxta solingach, bir tekisda qovish uchun igna uchini matoga botirib uzun chiziq chizib olinadi bir xil oraliq tashlab parallel ravishda