Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #28977

Zakovat savoli #28977

EURO-2016 o’yinlaridan savol:

52 ta o’yinda 100 dan ortiq gollar kiritilgan bu turnirda har xil natijalar, kutilmagan hisoblar qayd etildi. EUROdagi bir o’yin oldidan bir jurnalist bo’lajak o’yin haqida o’z fikrlari bilan o’rtoqlashdi. Qiziqarli tomoni shundaki, uning bergan taxminidan u hech qachon yutqazmasdi. Va u natija haqida gapirar ekan, bir qahramonni va yozuvchini ham tilga olib o’tdi. Sizga shunday yordam berishim mumkinki, XXI asrdagi bir finalni eslasangiz, bu savolni darrov topasiz. Savol esa shunday menga bu fikrlar qaysi o’yin oldidan emas, balki o’sha qahramonining va yozuvchining ismlarini yozib bering?
Javobni ko'rish

Kung Fu Panda bosh qahramoni Po va amerikalik yozuvchi Edgar Allan Po Izoh: XXI asrdagi bir finalni eslasangiz degan jumla savolni topishizda yordam edi. 2011 yil Copa America Finalida UruGVAY va ParaGVAY o’zaro o’ynashganda o’yin oldidan bir jurnalist ,,GVAY“ g’alaba qozonadi degan edi. EURO dagi POlsha va POrtugaliya o’yinidan oldin ham bir jurnalist shu an’anani davom ettirib, ,,PO“ g’alaba qozonadi degan edi. Polsha va Portugaliya so’zlarining birinchi 2 harfi ,,Po“ dir. Bu esa qaysi jamoa g’alaba qozonsa ham, jurnalist g’alaba qozonardi deganidir. Po g’alaba qozonadi degan gapini eshitsak esa darrov Kung Fu Panda bosh qahramoni Po hamda Yozuvchi Edgar Allan Po xayolimizga keladi

Boshqa savollar