Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #28966

Zakovat savoli #28966

Bir safar Ibn Sinoga bir bemorni olib kelishadi, uning son suyagi chiqib ketgan edi. Ibn Sino bir sigirni olib, uni faqat pichan va tuz bilan boqadi. Keyin bemorni sigirning ustiga mindirib, ikki oyog‘ini bog‘lab, so‘ng sigirga suv beradi. Bir necha kun qattiq chanqagan sigir juda ko‘p miqdorda suv ichadi, natijada uning qorni shishib, bemorning suyagi joyiga tushadi. Aytingchi, nega Ibn Sino bu bemorni davolashda ushbu usulni tanlagan?
Javobni ko'rish

Bundayin qiyin usulni qo‘llashdan maqsad, Ibn Sino nomahramning suyagini o‘z qo‘li bilan joyiga solishni istamagan, chunki bemor ayol kishi edi! Shu joyida rahmatli Hojiboy Tojiboyevning "medbratlar" haqidagi gaplari esimizga tushadi: "Shuuuuncha joydan kelib, qo‘liga ukol qilib ketaveramanmi?"

Boshqa savollar