Zakovat savoli #28943
Moskva dastlab qadimiy slavyan shaharlari singari qishloqlarga bo'lingan. Bu qishloqlarda qandaydir bir soha, millat vakillari istiqomat qilishgan. Moskva ko'chalari o'z nomlarini mana shu qadimgi qishloqlardan olishgan. Masalan, "Моховая" ko'chasi mo'yna sotiladigan joy bo'lgan. "Плотниково" da saroy duradgorlari, "Мясницкая" da esa qassoblar yashashgan. Endi siz menga hozirgi kungacha nomidagi harflarning talaffuzi biroz o'zgargan "Маросейка" ko'chasida kimlar yashaganini topib ayting?
Javobni ko'rish
Aslida u "Малороссийское" karvonsaroyi bo'lgan, ya'ni u yerda Ukrainadan kelgan muhojirlar to'xtashgan.