Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #28892

Zakovat savoli #28892

1870-yillarning oxirida Amerika Qo'shma Shtatlarida X paydo bo'lib qoldi. U tez tarqaldi va bu o'yin ishqibozlari hisobsiz darajada ko'payib ketganligidan u chinakam ijtimoiy ofatga aylandi. Okeanning berigi tomonida, ya'ni Yevropada ham shunday hol yuz berdi. Idoralarda va do'konlarda xo'jayinlar o'z xizmatchilarining o'yinga berilib ketganligidan g'azablanib, mashg'ulot va savdo vaqtida bu o'yinni o'ynashni taqiqlab qo'yishga majbur bo'lgan edilar. O'yin-kulgi muassasalarining egalari odamlarning bu qadar zo'r ishqibozliklaridan foydalanib, katta katta o'yin turnirlari uyushtirardilar. O'yin xatto Germaniya reyxstagining muhtasham zallarigacha kirib bordi. Reyxstagda oppoq sochli mo'ysafidlarning o'z qo'llaridagi o'yinga tikilib o'tirganlarini ko'rish mumkin edi. 1880-yil o'yin vasvasasining eng avjiga chiqqan yili bo'ldi. Biroq sal o'tmay bu o'yin matematika qurboni bo'ldi. Aytishlaricha savdogarlar shu o'yinga berilib ketib, do'konlarni ochishni unitib qo'yganlar, shturmanlar kemalarni sayoz joyga o'tirib qolganini payqamay qolganlar, mashinistlar bekatlarda poyezdlarni toxtatishni unutib qoyganlar, dehqonlar haydab turgan qo'shlarini tashlab o'yin bilan ovora bo'lganlar. Qizigi o'yini uchun Amerikada patent ololmagan.
Ana sizga shuncha ma'lumot. O'yinni toping va nega o'yin uchun patent berilmaganini ayting?
Javobni ko'rish

Bu o'yin barchamizga malum "15 o'yini" hisoblanadi. Patent ololmaganiga sabab esa uning songi holatidagi 13. 15. 14 vaziyatida hech qachon yechimga ega emasligi matematik tomondan isbotlab berilgani boldi.

Boshqa savollar