Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #28887

Zakovat savoli #28887

Savol
Nyu-York, Ist-Xyuston ko‘chasi, 48-uy. Bu manzilda g‘alati, ko‘zlari allaqanday nur sochuvchi odamovi olim yashardi. Uning graf Drakulaning qarindoshi va quyosh nuriga chiqa olmaydigan vampir ekanligi haqida mish-mishlar yurar, uning yer sharini bo‘laklarga bo‘lib tashlashga qodir qurol yaratgani haqida gapirishardi.
Diqqat savol, bu tariflar kimga tegishli?
Javobni ko'rish

Nikola Tesla Izoh: Aslida, Teslaning Drakulaga hech qanday aloqasi yo‘q, Quyoshdan esa qochishi rost edi, chunki u tez-tez elektromagnit maydoni ta'siriga tushib qolar, miyasi o‘ta sezgir qobiliyatga ega bo‘lardi. Yorug‘lik uning ko‘zlarini og‘ritar, shitirlagan tovush ham qulog‘iga xuddi momaqaldiroqdek eshitilardi. Qorong‘ulikda esa uning ko‘zlari juda yaxshi ko‘rardi.

Boshqa savollar