Zakovat savoli #28836
Dunyoning ko‘pgina xalqlarida chakmonlar(To'n choponlar) tugmali qilib tikiladi. Lekin, XX asr oxiriga qadar Dog‘istonda chakmonlar tugmasiz tikilgan. Hurmatli bilimdonlar, sizlar nima deb o‘ylaysizlar? Nima uchun Dog‘iston chakmonlarida XX asr oxirigacha qadar tugma bo‘lmagan?
Javobni ko'rish
Zarur paytda yelkadan irg‘itib tashlab, qo‘lga qilich olishga qulay bo‘lishi uchun. Chunki, Dog‘iston tog‘li o‘lka bo‘lib, hamisha urush mazkur o‘lkaga xavf solib turgan. Shuning uchun chakmonlar tugmasiz tikilgan.