Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #28774

Zakovat savoli #28774

Quyidagi so’zlarga diqqat bilan e’tibor bering: ari, dengiz, no’xat va choy. So’zlarga diqqat bilan e’tibor bergan bo’lsangiz, bu so’zlarni u bog’lab turganini ko’rishingiz mumkin. Agar bu bog’liqlikni topgan bo’lsangiz, shu bog’liqlikka siz va bizning qanday aloqamiz borligini tushuntirib bering?
Javobni ko'rish

U va V harflari Izoh: Endi yuqoridagi berilgan so’zlarni ingliz tiliga tarjima qilib chiqaylik, ari – bee, dengiz – sea, no’xat – pea, va choy – tea. Aynan shu so’zlar ingliz tili alifbosidagi Cc, Bb, Pp va Tt harflaridek bir xil talaffuz qilinadi. Shu bog’liqlikka siz va bizning qanday aloqamiz borliginiga keladigan bo’lsak, Siz so’zi you hamda biz so’zi esa we deb tajima qilinadi. You so’zi esa Uu harfidek, we so’zi esa Vv harfidek bir xil tallaffuz qilinadi. Bu so’zlarni ingliz tili alifbosi bog’lab turadi. Lekin biz ari, dengiz, no’xat va choy so’zlarini nima bog’lab turishini emas, balki shu bog’liqlikka siz va bizning qanday aloqamiz bor degan savolni qo’yganimiz uchun ingliz tili alifbosi degan javoblar qabul qilinmaydi.

Boshqa savollar