Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #28769

Zakovat savoli #28769

Buyuk kashfiyotchi Tomas Alve Edison to'g'risida gap borsa, odatda, uning 5 ta mashhur ixtirosi yodga tushadi: fonograf, yozuv mashinkasi, birja telegrafi, o'zgaruvchan tok generatori va albatta, chiroq. Oxirgisini, aslida, rus olimi Aleksandr Lodogin patentlagan, Edison esa uning takomillashishi bilan shug'ullangan.
1882-yili Nyu Yorkda Edison loyihasi bo'yicha dunyoda birinchi doimiy elektrostansiya qurilgan. U diktofon prototipi bo'lib qolgan, telefon suhbatlarini yozib oluvchi asbobni yaratdi, temir-nikel akkumulator tuzilmasini va yana ko'p narsalarni ishlab chiqdi(hammasi bo'lib 1000 patent) va bular ichida kashfiyotchi ularga aloqasi bo'lmagan HIMOYACHIni o'ylab topdi.(1873-yilda patent oldi) Siz bu himoyachini deyarli har kuni turli rangdagilarini ko'rasiz. Bu himoyachi nima bo'lishi mumkin?
Javobni ko'rish

Konfet qog'ozlari, parafinlangan qog'ozlar🍬

Boshqa savollar