Zakovat savoli #2866
Championat.asia saytining “Futbolchilar uchun U” nomli maqolasida “Avtobus industriyasiga qo‘shgan hissasi uchun” nominatsiyasida U Joze Mourinyoga nasib etgan. “Aktyorlik faoliyatiga hissa qo‘shganligi uchun” Neymar, “Robotatexnika” yo‘nalishida esa Robert Levandovskiy Unga loyiq ko‘rilganligini ko‘rish mumkin. Biz bilgan U 1901-yildan boshlab o‘z egalariga topshirila boshlangan. Uni topshirish marosimi Stokgolm va Oslo shaharlarida 10-dekabr sanasida o‘tkaziladi.
Savol: U o‘rnidagi 1 atoqli otni yozib bering?
Savol: U o‘rnidagi 1 atoqli otni yozib bering?
Javobni ko'rish
Nobel.