Zakovat savoli #28638
Ingliz amaldori, graf Uilyam Duglas XVIII asrda yashagan. U bekorchilikdan kartabozlik, aroqxo’rlik, garov kabi yomon odatlarga ruju qo’ygandi. Uni tarixda mashhur qilgan voqea esa garov bilan bog’liq. Bir kuni 50 nil uzoqlikdagi manzilga bir soatdan kam vaqt ichida maktub yetkaza olishini isbotlamoqchi bo’ladi. Raqiblari esa unga agar o’yinda yutib chiqsa, katta miqdorda pul olishini va’da qilishadi. Shuni alohida takidlash kerakki, o’sha davrda xat tashiydigan kaptarlar bir soatda 44 mil masofani bosib o’tishardi. Uilyam esa maqsadga erishish uchun quyidagicha tadbir qo’llaydi. Qanday? Javobni yozma yozing.
Javobni ko'rish
Graf bir qancha kriketchilarni o'sha yo'lda o'ynashini iltimos qiladi va kriket to'pini ichiga maktubni joylashtiradi.