Zakovat savoli #28455
Qadim zamonlarda Surayyo o’n ikki yulduzdan iborat ekan. U paytlarda bahor, yoz bo’lmagan, faqat boqiy qish hukmronlik qilgan. Shunda hayvonlar Surayyoni tutish va uni yo’qotishga qaror qilishibdi. Ot to’rtta, tuya esa ikkita yulduzni ushlabdi va uni oyog’ining ostiga olib, majaqlab tashlabdi. Oltitasi esa bir hayvonning tuyoqlari ostiga tushibdi. Ammo u hayvon yulduzlarni ezg’ilamabdi, oltovi ham sog’-omon qolibdi. Shundan beri qish olti oy davom etadigan bo’libdi. Shunda barcha hayvonlar ajablanishib, U hayvondan so’rashishbdi.
- Nega yulduzlarni qo’yib yubording?
U hayvon shunday javob beribdi:
- Issiqda qovjiragandan ko’ra, saharlab sovuqda yurgan yaxshi.
Shundan beri bu hayvon sovuqdan qo’rqishmas ekan.
Yuqorida qaysi hayvon haqida gap ketmoqda?
- Nega yulduzlarni qo’yib yubording?
U hayvon shunday javob beribdi:
- Issiqda qovjiragandan ko’ra, saharlab sovuqda yurgan yaxshi.
Shundan beri bu hayvon sovuqdan qo’rqishmas ekan.
Yuqorida qaysi hayvon haqida gap ketmoqda?
Javobni ko'rish
Sigir