Zakovat savoli #28432

Ushbu surat Vinsent Van Gogning “Alla” surati. Van Gog bu suratiga negadir “Alla” deya nom bergan. Bu suratda beshik ham, belanchak ham ko’rinmaydi. Faqat, onaning qo’lida belanchak arqoni bor, xolos. Van Gog bu surati bitgach uni bir yaqin do’stiga sovg’a qilgan. Diqqat savol, do’sti nima ish bilan shug’ullanadi?
Javobni ko'rish
Rassomni ustaligiga e’tibor bering a, qo’lidagi arqon bilan bu ayol belanchakni tortayapti lekin belanchak yo’q. Tortmoqda harakatga keltirmoqda. Belanchak nima qiladi? Chayqaladi. Do’stining ishxonasi ham doimo chayqalib turadi. Van Gogning do’sti dengiz kemasi kapitani bo’lgan.