Zakovat savoli #28413
Detektiv savol
Jekning o'limi haqida politsiya villa egasi Tomga xabar qilishdi.
Jekning jasadi shahar chetidagi villadan topildi. Villa egasi esa Tom. U villaga anchadan beri kelmaganini va villada hech kim yashamasligini, ba’zida o'zi kelib turishini aytdi.
Shifokorning xulosasiga ko'ra Jek 2 haftacha oldin o'lgan va jasad o'shandan beri yerda yotibdi. Sherlok xonani kuzatdi. Xonaning hamma yeri chang rostan ham 2 haftadan beri hech kim kirmagan shekilli, juda ajoyib, xashamatli villa. Menda ham shunday villa bo'lgandami deb qo'ydi kulib serjantga qarab. Stol ustida vaza, vaza ichida esa mevalar. Mevalar ichidan u sap-sariq katta bananni olib tozalashga tushdi. Shunda serjant: "janob Holms bananga tegmang, barmoq izlaringiz qoladi" deb hazillishib qo'ydi.
Men hali nonushta qilganim yo'q, ishni ochishim uchun nonushta qilib olishim kerak deya javob qaytardi kulimsirab.
Qotil villaga hech kim kelmasligini yaxshi bilib jasadni shu yerga tashlab ketgan dedi serjant.
Sherlok xonani yaxshi kuzatib bo'lgach "yo'q adashasiz villaga yaqinda kimdir kelgan va yashagan. Jasad ham ancha oldin o'ldirilgan bo'lsada yaqinda olib keltirilgan" deb qarab qo'ydi Tomga.
Diqqat savol sizlar menga nega Sherlok bunday fikrga kelganini ayting?

Javobni ko'rish
Stol ustida sap-sariq banan bor edi. Jasad 2 hafta oldin keltirib tashlangan bo'lganda va undan oldin kimdir villada yashaganida bananlar qorayib qolishi kerak edi. Demak yaqin-yaqingacha villalada kimdir yashagan.