Zakovat savoli #28345
XIX asrda bozorlar ichida eng kech ish boshlaydigani poyabzal bozori bo’lgan. Azaldan tushdan keyin poyabzal bozori rosayam qizigan. Aziz bilimdonlar, buning sababini ayting?
Javobni ko'rish
Kun bo’yi yurgandan keyin inson oyog’i kechga borib kengayadi va shishadi. O’sha paytda kiyib ko’rilgan poyabzal keyinchalik oyoqni siqmaydi. Agar ertalab tanlab olinsa, kechga borganda oyoqlar kengayishi natijasida poyabzal oyoqni qisishi mumkin.