Zakovat savoli #28327
A.Obidjonning “Baloga qolgan futbolchi” to‘plamida juda qiziq hikoyalar keltirilgan bo‘lib, turli qiziq fikr, loflar va qiyoslar bilan to‘la. Misol uchun, Oltiariqliklar mehmon kelsa jonini ham beradilar, lekin bodring urug‘ini emas. Oltiariqlik otalar o‘g‘illariga shunday nasihat qilishadi: “Do‘stingni sotma, lekin turp do‘st emas”. Shu kitobda Shakarqishloqliklarning bir odati ham aytib o‘tilgan - ular kun qizib ketsa, katta gulxan yoqishar ekan. Savol, nima maqsadda?
Javobni ko'rish
Olovning tutuni soyasida o‘tirish uchun.