Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #28311

Zakovat savoli #28311

Futbol haqida savol:
2000 yil oktyabr oyida «Kross Farm Park Seltik» havaskor ingliz jamoasi hujumchisi Li Todd o‘yinning 2-sekundidayoq hakamni so‘kkanligi uchun qizil kartochka oladi. Ammo futbolchi hakamni atayin so‘kmaganini, bu refleks ekanligini, o‘rnida istalgan odam shunday qilishini, o‘zini aybdor deb hisoblamasligini aytgan. Diqqat savol, Li Todd nima uchun uchrashuvning ikkinchi sekundidayoq hakamni so‘kkan deb o‘ylaysiz?
Javobni ko'rish

Chunki uchrashuv hakami o‘yinni boshlash haqida belgi berish uchun bexosdan Li Toddning qulog‘ini tagida qattiq hushtak chaladi. Bundan qo‘rqib ketgan futbolchi hakamni bo‘ralatib so‘kadi va qizil kartochka oladi . Uni ayblashdan yiroqmiz, istalgan odam qo‘rqib ketardi bunaqada

Boshqa savollar