Zakovat savoli #28100
XIX asrning oxirlarida futbol bo'yicha Fransiya quyi dvizionlaridan birida ishtirok etuvchi bir o'rtameyona jamoa(Jamoa nomi aniq esimdamas)bilan bog'liq qiziq voqea kuzatilgan. Jamoaning ashaddiy muhlislari sevimli jamoalari yutqazib qo'ygan o'yinlardan keyin hakamlarga keskin norozilik bildirishgan va mag'lubiyatli o'yinlardan so'ng shu o'yinlarda ishlagan hakamni shaharcha markazidan oqib o'tadigan daryo ko'prigidan daryoga uloqtirishgan. Bu holga qarshi chora ko'rish maqsadida Fransiya futbol federatsiyasi bu jamoa ishtirokidagi o'yinlarga aynan bir talabga javob beradigan hakamlarni tayinlagan. Diqqat savol hakamlar qanday talabga javob berishi kerak edi?
Javobni ko'rish
Bu jamoa ishtirokidagi o'yinlarga suzishni biladigan hakamlar jalb etilgan