Zakovat savoli #27807
Internetni titkilasangiz, quyidagicha ma'lumot berilgan: "Inson tanasining bu qismi hech bir tilda nomga ega emas". Biroq bu joyning o'zbek tilida o'zbekcha nomi bor. O'tmishda qizlarni maqtashda yoki uloq o'yinida bu joyning nomi ishlatilgan. Tananing shu qismi qayerligini yoki uning 5 harfdan iborat nomini toping?
Javobni ko'rish
Taqim Izoh: - taqim tizzaning orqa chuqur joyi; - sochlari taqimiga tushadi deb uzun sochli qizlar maqtalgan; - maktabda "Uloqda" hikoyasini o'qigan bo'lsangiz, bir necha bor uloqchilar uloqni taqimga bosishgani aytilgan.