Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #27787

Zakovat savoli #27787

Ko'p ajoyib urf odat, udumlarimiz bor: ba'zan, (ko'proq yoshi ulug'lar tomonidan) dasturxonga fotiha o'qilgach, yana alohida "shirin ozod, manzil obod, payg'ambarga, Allohga salovot, mana shu qovun(tarvuz) ni ekkanni, yetishtirganni..... va hk" deb boshlanuvchi duoning o'qilishiga guvoh bo'lamiz.
Nega aynan qovun tarvuzga alohida fotiha o'qishadi?
Javobni ko'rish

Chunki qovun-tarvuz so'yiladi, boshqa meva sabzavotlarni to'g'ra, kes desak, qovun-tarvuzni "so'y" deymiz, ota-bobolarimiz so'yilgan narsaga alohida fotiha o'qishgan. (Shu uchun ham qovun-tarvuzni so'yayotganda doim birinchi "bismillo" deb"bosh"ini olib, keyin maydalash kk deb ko'p ta'kidlashadi)

Boshqa savollar