Zakovat savoli #27763
U san'atning bir sohasi vakillariga kerak bo‘ladi. U ni yosh bola paytimda xolam yoki onamning pardoz-andoz ashyolari ichida uchratib hayron bo‘lardim. U arzimas narsa ekanligi yuqoridagi gaplardan anglashilgandir balki. Ammo shoshilmang! U uzoq qit'aga sayohat, ko‘cha harakati qoidalari buzilishi, politsiyaga qarshilik qilish, baxtsiz hodisa, o‘g‘irlik, mushtlashuv kabi voqealarga sababchi bo‘lgan.
Savol: Cho‘ntagimdagi narsani maksimal aniq yozib bering?
Savol: Cho‘ntagimdagi narsani maksimal aniq yozib bering?
Javobni ko'rish
YONGAN GUGURT CHO‘PI. Izoh: Rassomlar asarining nozik nuqtalarini chizayotganda YONGAN GUGURT CHO‘PI yoki sigaret qoldig‘idan foydalanarkan. Avvallari ayollar YONGAN GUGURT CHO‘PI bilan o‘sma qo‘yilgan qoshlarini tarashgan. Mashhur ,,Gugurtga ketib” filmida Amerikaga sayohat, ichib olib shaharda ko‘cha qoidasini buzish, politsiyaga qarshilik qilish, cho‘kib ketish, cho‘chqa bolasini o‘g‘irlash, Taxvo Kenenin bilan mushtlashuv kabilar aslida oddiygina gugurtdan boshlanadi. Ixolaynen film so‘ngida gugurt qutini ochganida ichidan birgina YONGAN GUGURT CHO`PI chiqadi!