Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #27757

Zakovat savoli #27757

Wikipedia ma'lumotlariga ko‘ra, Buyuk Britaniyada U omad ramzi hisoblanadi. Shotlandlarning ishonishicha, uyga kirgan U o‘zi bilan boylik va rivoj olib kelarkan. Unga egalik qiluvchi ayolning oshiqlari ko‘p bo‘larmish. Dengizchilar uyida albatta U bo'lgan, chunki dengizchining jonini U asraydi deb ishonishgan. O‘rta asrlarda ko‘plab kasalliklar tarqalishining bir uchi Ularga borib taqaladi
Savol: Uni nima ekanini aniq ayting?
Javobni ko'rish

QORA MUSHUK Izoh: Qanchalik g‘alati bo‘lmasin, Uni omad timsoli sifatida qaraydiganlar ham bor ekan. O‘rta asrlarda QORA MUSHUK shayton xizmatchisi deb qirib yuborilgan va oqibatda kalamushlar keskin ko‘payib ketgan. Ular esa yuqumli kasalliklarning faol tashuvchisi hisoblanadi!

Boshqa savollar