Zakovat savoli #27718
Bir restoran egasining uzumzori bo‘lib, u yerda 2 xil vino tayyorlanadi. Bu vinolar orasidagi ta’m shu qadar nozikki hatto eng yaxshi mijozlar ham ularni ajrata olishi dargumon. Bir kuni ikki ulfat shu vinolardan birini ichib, aynan qaysi vino turiga tegishli ekanini tortishib qolishadi. Bir necha soat tortishuvni kuzatib turgan notanish odam bu ikki vino turini farqlay olishini aytadi.
Shartga ko‘ra yerto‘ladan ikkinchi turdagi vino olib chiqiladi va notanish kimsa ko‘zi boylangan holda vinolarni bir biridan ajratib beradi.
Savol: Bu notanish kimsa vinolarni qanday ajratgan?
Shartga ko‘ra yerto‘ladan ikkinchi turdagi vino olib chiqiladi va notanish kimsa ko‘zi boylangan holda vinolarni bir biridan ajratib beradi.
Savol: Bu notanish kimsa vinolarni qanday ajratgan?
Javobni ko'rish
Vinolarning haroratidan. Izoh: Ular uzoq bahslashishgan vaqtda birinchi vino isib qoladi. Ikkinchi turdagi vino esa endi yerto‘ladan olib chiqilgan va hali sovuq bo‘lgan va notanish kimsa ularni bemalol ajratib bergan