Zakovat savoli #27665
O'zbekistonda kollektivlashtirish yillarida yakka-yakka dehqon va chorvadorlarning majburan kolxozlarga birlashtirish jarayoni avj oladi.Bunda dehqon va chorvadorlarning shaxsiy mol-mulki kolxoz hisobiga o'tishi kerak edi.Bunday jarayonda esa ular bir ishni qila boshlashadi va bu ishni qiluvchi kasb egalariga talab ortadi.Bizningcha bu kasb egalarining eng qadrlangan davri o'shanda bo'lsa kerak.
Savol:Tarixiy faktlarga asoslangan holda bu kasbni toping?
Savol:Tarixiy faktlarga asoslangan holda bu kasbni toping?
Javobni ko'rish
Qassoblar Izoh:Kolxozlashtirish yillarida mahalliy aholi o'z shaxsiy chorvalarining kolxoz tarkibiga o'tib ketishidan ko'ra ularni so'yib go'shtini o'zlarida qoldirishni afzal bilganlar.O'sha yillari 60 000 dan ortiq qoramollarning so'yib yuborilgani fakt.O'z -o'zidan qassoblarga talab ortadi.