Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #27653

Zakovat savoli #27653

1903-yilda farang kimyogari Eduard Benediktus nitroselluloza bilan to'la bo'lgan shisha kolbani tasodifan sindirib qo'yadi. Benediktus xavfsirab yuzini to'sib olib qayta ocharkan sodir bo'lgan manzaraga hayron qoladi. Shisha singan lekin sochilib ketmagan edi.
Savol: Benediktus bu tasodifiy ixtirosini qaysi sohada qo'llashni taklif etadi?
Javobni ko'rish

Avtomobilsozlikda avtomobil peshoynalari uchun qo‘llangan. Izoh: Bu ixtiro avtomobilsozlikda muvaffaqiyatga erishib minglab balki millionlab insonlarni peshoyna singanda kelib chiqadigan xavfli holatlardan saqlab kelmoqda.

Boshqa savollar