Zakovat savoli #27629
UY larga santexnika jihozlarini o‘rnatish va SUV quvurlarini ta’mirlash bilan shug‘ullanuvchi firma nomi inglizcha 5 harfli so‘zdan olingan bo‘lib, faqatgina bitta farqi 1 va 2-harflari orasiga bir raqam qo‘yilgan. Tashkilotchilar bu nom bilan o‘z faoliyatini kengroq yoritib bera olishgan. Siz o‘sha nomni yozib bering?
Javobni ko'rish
H2Ouse Izoh: Firma nomi inglizcha “House” (uy) so‘zidan olingan bo‘lib, 2 raqamini qo‘yilishi orqali suvning ximik formulasini ham ifodalashgan