Zakovat savoli #27525
Rivoyat qilishlaricha bir zukko podshoh vazirlarining aql zakovatini imtihon qilish maqsadida shunday jumboq aytibdi: "Saroy darvozasi oldiga chiqsangiz bir qariya o'tiribdi. Uning barmog'ida men bergan uzuk bor. Men unga uzukni hech kimga bermang. Faqatgina podshohning yuzini 100ming marotaba ko'rsatgan kishiga bering deb tayinlaganman
Siz menga shu uzukni olib kelolasizmi?".Vazirlar bu vazifaning uddasidan chiqishibdi.
Savol:Vazirlar qanday qilib bu vazifani uddalashgan?
Siz menga shu uzukni olib kelolasizmi?".Vazirlar bu vazifaning uddasidan chiqishibdi.
Savol:Vazirlar qanday qilib bu vazifani uddalashgan?
Javobni ko'rish
Podshoni yuzi tushirilgan tangani 100 ming marta ko‘rsatgan va 100 ming tanga bergan