Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #27341

Zakovat savoli #27341

Siz miyada qo‘shish-ayirishni yaxshi bilasizmi? Keling sinab ko‘ramiz:
Masalan, 46 ga 13 ni qo‘shsak, nechi?
To‘g‘ri, 59.
46 dan 13 ni ayirsakchi?
To‘g‘ri, 33.
Boloniya universiteti psixologlari bir eksperiment o‘tkazishgan. Unga ko‘ra, bir vaziyatda ishtirokchilar qo‘shishni osongina bajarishgan, boshqa holatda esa ayirishni. Olimlar bu holatni eksperiment boshlanmasidan oldinoq ishtirokchilarning qo‘shish yoki ayirishga ruhan tayyorligi bilan bog‘lashgan.
Diqqat savol, eksperiment ishtirokchilari bungacha qayerda bo‘lishgan edi?
Javobni ko'rish

Lift Izoh: Liftdan yuqori qavatga ko‘tarilganlar beixtiyor qo‘shish amallarini, liftdan pastga tushganlar esa, aksincha ayirish amallarini osongina bajarishgan ekan

Boshqa savollar