Zakovat savoli #2726
Agar Yaponiyada shahar ko‘chasida sizning yo‘lingiz yo‘l ishlari sababli to‘sib qo‘yilgan bo‘lsa, maxsus shaxs oldingizga kelib bu ishni qiladi. Ko‘plab yaponlar his-tuyg‘ularini omma oldida namoyish etishga moyil bo‘lmagani sababli maxsus mutaxassislarni yollashadi. Ular hatto yig‘lab bu ishni amalga oshirishi mumkin. Diqqat savol: bu mutaxassislar nima ish qilishadi?
Javobni ko'rish
kechirim so‘rash, uzr so‘rash.