Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #27226

Zakovat savoli #27226

Bir kuni Nasriddin afandi va qo’shnisi boy bilan tortishib qolibdi. Shunda boy Nasriddinga men sendan aqlliman, men bilan tortishma debdi. Nasriddin kulimsirab javoban “ o’zini aqlli deyish ahmoqning ishi” debdi. Boyning jahli chiqibdi va qoziga nasriddinning ustidan arz qilibdi. Qozikalon ikkalasiniyam huzuriga chaqiribdi va Nasriddin bilan suhbati boshlanibdi: qozi: sen boy otaga siz ahmoq odamsiz dedingmi? Nasriddin: ha,shunga o’xshash gap aytgandim. Qozi: hoziroq bu gapingni qaytib olib, boy otaga siz unday emassiz deginki, aks holda seni zindonga tashlayman. Shunda Nasriddin afandi qozining aytganini qilib, boyga shunday gap aytibdiki u gapi bilan boyning ahmoqligini yana takidlabdiyu lekin shuning bilan birga qozi va boyning oldiga o’zini oqlab uyiga qaytibdi.
Diqqat savol:Afandi nima degan?
Javobni ko'rish

”siz ahmoq, odam emassiz."

Boshqa savollar