Zakovat savoli #27163
Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarni kuzata turib bir murojaatni o'qib qoldim. Buning nechog'lik rost yoki yolg'onligi noma'lum. Xullas bir ayol turmush o'rtog'ining ishxonasidagi boshliqlari turmush o'rtog'idan ko'chada bir ishni qilishni talab qilayotganligidan noroziligini bildirgan. Sababi hozirgi karantin sababli bu ish sanitariya qoidalariga zidligi, nafaqat turmush o'rtog'ining balki farzandlari va o'zining ham sog'ligidan tashvishdaligini bildirgan. Mantiqni ishlatib o'ylab ko'ringchi ayolning turmush o'rtog'i qayerda ishlaydi (kasbi nima)?
Javobni ko'rish
DAN hodimi bo'lib ishlaydi. Izoh: E'tirozda haydovchilardan ichganligini tekshirish uchun ulardan spirt hidi kelyotganligi yoki yo'qligi tekshirish buyurilganligi aytilgan. Bu esa sanitariyaga zid ekanligi sir emas.