Zakovat savoli #27063
Esonberdiev, o’sha g’uddaygan «Esonberdiev-hukumat», Boysun tarixidagi battol milisa, iste'foga chiqqach, Qo’rg’onchadagi nafasi o’tkir mulladan bir oy eskicha saboq olib, dastor o’rab qaytibdi, hozir xatmi Qur'onu chilyosingacha usiz o’tmas emish («Bir kuni xudoyiga ketayotib boshida salla, qo’lida aso, X oldidan o’tayotganda. Diqqat savol : X ni toping va Esonberdiev X oldidan o’tayotganda qanday kulguli ish qilib yuborganini aniq yozib bering?
Javobni ko'rish
X- Milisaxona. («Bir kuni xudoyiga ketayotib boshida salla, qo’lida aso, milisaxona oldidan o’tganda chest berib yuboribdi» :+) Erkin A’zamning “Anoyining jaydari olmasi” hikoyasidan.