Zakovat savoli #27053
Uning taxallusi u bilan yovuz hazil qilgan desak adashmaymiz. Bosqinchilar madaniyatini yuqori baholab, undan oʻrnak olishga chaqirgan bu inson haqidagi ma'lumotlarda koʻp narsa noaniq boʻlib qolmoqda. Jumladan u aynan qanday sabab bilan Vatanini tark etgani haligacha noma'lum. Ba'zi taxminlarga koʻra u josuslik vazifasini o'tash uchun chet elga jo'natilgan. Agar siz kim haqida so'z ketayotganini anglagan boʻlsangiz, uning eng mashhur murojaati kimga qaratilganini ayting?
Javobni ko'rish
Sayyod, Ovchi. Gap mashxur O'zbek shoiri va mutafakkiri Zokirjon Xolmuhammad o'gli Furqat xaqida ketmoqda edi. Uning mashxur murojati Sayding qo'yaber Sayyod - edi.