Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #27040

Zakovat savoli #27040

Jaloliddin Rumiy:
Kichik ko‘lda uch baliq yashardi. Bir kuni bu yerga odamlar kelishdi. Baliqlarni ko‘rib:
- Borib to‘rlarni olib kelaylik, bu baliqlarni tutaylik, deb qaytib ketishdi.
Buni sezgan baliqlardan eng aqllisi vaqt o‘tkazmay, dengizga tomon yo‘l oldi. Qolgan ikki baliq esa uni masxara qildi.
- Hoy aqlsiz, sen yo‘lning yarmiga bormasdan o‘lib ketasan. Yaxshisi, bu niyatingdan voz kech, deyishdi.
Biroq baliq ularga quloq solmadi, ming bir mashaqqat bilan dengizga yetib, qutuldi.
Ko‘p o‘tmay, to‘rlarini olib baliqchilar kelishdi va qolgan ikki baliqning ortiga tushishdi.

Qolgan ikki baliqdan biri tovada qovurilgan, ammo ikkinchisi qutulib qolgan. Ikkinchi baliq aynan qanday tadbir bilan omon qolganini yozib bering?
Javobni ko'rish

O'zini o'lganga solgan. Izoh: Ikkinchi baliq: «Agar o‘zimni o‘lganga solsam, qutulaman», dedi o‘ziga o‘zi. Qornini yuqoriga qilib tek yotdi, hech qimirlamadi. Baliqchilar uni ko‘rishib: «Naqadar chiroyli baliq ekan, afsus, o‘libdi», deya olib, chetga otib yuborishdi. Baliq esa asta-sekin suvga yetdi, ovloq bir joyga yashirindi. Manba: («Masnaviyi ma’naviy» 4-jild, 2202-bayt)

Boshqa savollar