Zakovat savoli #27029
Yaqinda bir ish bilan Rishton tumaniga borgandim. U yerda bir sulolaviy kulolchilik maktabiga kirdim va ustaga bergan birinchi savolim shogird tanlash haqida bo‘ldi. U kishi menga quyidagicha javob berdi;
"Shogird tanlashga juda katta ahamiyat beramiz. Avvalo Ulardagi insoniy sifat va ishdan qochmaslikga alohida e'tibor beramiz. Ko‘pincha 5-6 shogirdni o‘zini 40-45 daqiqaga yolg‘iz qoldirib ketamiz va kelib shogirdlardagi unga e'tibor beramiz. Agar qaysi bir shogirdda uni aniqlamasak shu zahoti ketkazib yuboramiz. Buni bilib qolgan ba'zi bir shogirdlar esa yoz kunlari nimanidur bahona qilib 5-10 daqiqaga hovliga chiqib kelar va bir ayyorlikka qo‘l urish holatlarini ham ko‘rganmiz
Siz menga usta shogirdlarda nimani aniqlaganini yozib aniq yozib bering?

Javobni ko'rish
Terlagan yoki terlamaganini. Ular terlamagan shogirdlarni ishdan qochib u qadar shasht bilan ishlamaydi deb hisoblarkan. Ayyor shogirdlar esa yoz kunlari quyoshda 5-10 daqiqa turib terlab kelar ekan)