Zakovat savoli #27016
Dmitriy Dmitriyevich Shostokovich. Mashhur rus kompozitori. U juda ham ko'plab durdona asarlar muallifi. Shostokovich hayotda oddiy va mehribon inson bo'lgan ekan. Shu sababli bolalarini juda ham yaxshi ko'rgan. Doim ular haqida qayg'urgan. Bolalarini yozgi oromgohlarga yuborganida ularga bir necha tayyor X larni yuborgan ekan. X lar orqali Shostokovich bolalari axvolidan xabardor bo'lib turgan. Bolalarning vazifasi esa har 2-3 kunda X lardan birini kerakli joyga tashlab qo'yish bo'lgan. Sizlar menga X nimaligini maksimal aniqlikda ayting?
Javobni ko'rish
X- Konvert✉️ Shostokovich o'z farzandlarini juda ham yaxshi ko'rardi va ularni oromgohga dam olishga yuborganda ularga tayyor o'zi tomondan yozilgan "Dada biz sog-omonmiz, maza qilib dam olib yuribmiz. Bizdan xavotirlanmang" manosidagi xatlarni berardi! Bolalar u xatlarni pochtaga yuborishlari kifoya edi!