Zakovat savoli #26969
Toshkentda harakatlanuvchi Mersades-benz avtobuslari deyarli barchamizga yaxshi tanish. Ushbu firma avtobuslari XX asrning 90-yillaridan boshlab O'zbekistonga kirib kelgan. Avtobuslari ikkiga bo'linadi: katta va mikro avtobuslariga. Katta yoki boshqacha qilib aytganda uzun avtobuslarda bir ko'rsatkichga duch kelishimiz mumkin. Ko'rsatkich 3 ga bo'lingan, birinchi bo'limda: 26 raqami, ikkinchi bo'limda 79 raqami, uchinchi ustunda esa 0 raqamini ko'rish mumkin. Diqqat savol sizlar gap qanday ko'rsatkichlar haqida ketayotganini topgan bo'lsangiz, menga aynan uchinchi ustundagi 0 raqami nimani anglatishini toping?
Javobni ko'rish
Avtobusda birinchi ustunda o'tirgan inson rasmi va 26 raqami. Ikkinchi ustunda tik turgan inson va 79 raqami. Uchinchi ya'ni nol raqami qo'yilgan ustunda esa nogironlik aravachasi rasmini ko'rish mumkin. Aniq javob nogironlar uchun maxsus joy yo'q