Zakovat savoli #26935
Sanatshunoslar ularni ikki turga ajratib, birinchilarni qisqa masofaga yuguruvchilar, ikkinchi toifadagilarni esa uzoq masofaga yuguruvchilar deya atashadi? Aytingchi, qisqa masofaga va uzoq masofaga yuguruvchilar deganda sanatshunoslar kimlarni nazarda tutishgan?
Javobni ko'rish
Qisqa masofaga yuguruvchilar – kinoda rol o‘ynaydigan aktyorlar, ular juda ko‘p bir martalik rollarni ijro etishadi. Uzoq masofaga yuguruvchilar esa – teatr aktyorlari, ular bitta rolni, uzoq yillar qayta-qayta sahnada ijro etishadi.