Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #26892

Zakovat savoli #26892

Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” asarida quyidagi jumlalar uchraydi. Bobur o’z ona yurtidan chiqib ketayotganida juda tushkun umidsiz edi. Hayotga bo’lgan yashashga bo’lgan qiziqish so’ngan edi. Ammo Bobur yo’lda tabiatning bir hodisasiga duch keladi va undan ta’sirlanib bunday holatdan xalos bo’ladi. Savol Bobur tabiatning qaysi hodisasi yoki nematidan ta’sirlanib tushkun holatdan chiqadi va yana g’ayrati jo’sh urib Hindistonda ulkan davlat quradi?
Javobni ko'rish

chashma, U yer tagidan otilib chiqayotgan chashmaga qarab o’zidagi umidsizlikni daf qiladi. Oddiy chashma ham kurashishni biladi. Qancha to’siqlarga qaramay qancha toshlar yo’lini to’smasin, baribir u yo’l topib otilib chiqaveradi

Boshqa savollar