Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #26885

Zakovat savoli #26885

Irlandiyaning “Xeyn end sone” deb ataluvchi kema qatnovi birlashmasining tamg’asida qo’l panjasi va uch tomchi qon surati tasvirlangan. Bu belgi zaminida qadimgi yunon olimi Protogor uchun muammo hisoblangan “masala”ning mohiyati aks etgan tarixiy voqea yotadi. Aytishlaricha bir odamning ikki o’g’li va bisotida bitta kemasi bo’lgan. U ana shu kemani qaysi o’g’liga meros qilib qoldirishini bilmay boshi qotadi. O’ylay – o’ylay oxir oqibat ikki o’gliga bir xil shart qo’yadi. Ya’ni, qaysi biri kemaning yon chekkasiga birinchi bo’lib qo’lini tekkizsa kema o’shanga nasib etishini ma’lum qiladi. Belgilangan kuni ikki o’gil ikki qayiqqa o’tirib kema tomon zo’r berib eshkak esha boshlaydilar. Tushunarli bo’lgan bo’lsa demak kema qatnovi tamg’asidagi qo’l panjasi aka-ukalarning qo’l panjalaridan biri. Savol: kema tamg’asidagi qon tomchilari nimani bildirishini aytib hikoyani yakunlang?
Javobni ko'rish

Akasi ancha ilgarilab ketganini ko’rgan kenja o’g’il boltani olib bir qo’lining panjasini chopadi. So’ng kesilgan panjani kema tomon uloqtiradi. Natijada kema zukko kenja o’g’ilga nasib etadi. Manba: Adabiyot: Haqiqat manzaralari. 96 mumtoz faylasuf. T.2007

Boshqa savollar