Zakovat savoli #26880
Bir ayol keksayganda qarg'aydigan bo'lib qolibdi. Nabiralarini ham ismi bilan emas, qarg'ish bilan chaqirarmish. Bu qarg'ishlar nabiralarning kelgusida kim bo'lmoqchi ekanliklari bilan bog'liq ekan. Masalan, shaxtada konchi bo'lish niyatidagi nabirani "Faqat old tomoni yorishgur" deb chaqirarkan. Endi quyidagi 2 qarg'ishning qaysi kasblarga ishora qilishini yozib bering:
1) "tillaga yo'l ochgur".
2) "TV ekranining 1/12 qismida harakatlangur"
Ikkala javobni barovar jo'natish kerak?
1) "tillaga yo'l ochgur".
2) "TV ekranining 1/12 qismida harakatlangur"
Ikkala javobni barovar jo'natish kerak?
Javobni ko'rish
1) Quloq teshuvchi 2) kar-soqovlar uchun televizor tilmoch SurdoTarjimon