Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #26818

Zakovat savoli #26818

Uning ajoyib shirinlik ekani balki ko‘pchilikka ma’lum emasdir. Ammo uni sevuvchi bir qahramon bor. Shirinlikning yaralish tarixi ham g‘alati: unga qandolatchilar ham emas,oshpazlar ham emas harbiylar nom berishgan. Oldin uni ko‘pchilik bilmasdi. Hozir uning nomi ancha mashhur. Lekin hammamiz uni tatib ko‘rganmiz deb ayta olmayman.
Diqqat savol : Nomi bizga yaxshi tanish bo‘lgan shirinlikni topib bering?
Javobni ko'rish

Gulbashakar Izoh: Bizga yaxshi tanish bo‘lgan bu so‘z turklarning milliy shirinligi. Rashod Nuri Guntekinning «Choliqushi» asarida Feridega harbiylar  Gulbashakar deb laqab topishadi. Asarda Feride va Kamronning suhbatidan parcha: -Gulbashakarni yaxshi ko‘rasanmi Kamron? -Ha, men gulbashakarni judayam yaxshi ko‘raman

Boshqa savollar