Zakovat savoli #26803
Avtobus janubga tomon ketib borardi. Bir o'rindiqda qariya kishi qo'llarida bir dasta gul bilan ketardi. Qariyaning qarshisida o'tirgan qiz dam badam uning qo'llaridagi gullarga nazar tashlab qo'yardi. Qariya tushadigan bekatiga kelib joyidan qo'zg'aldi. U kutilmaganda qo'lidagi gullarni qizning tizzasiga qo'yib : "Gullarni juda yaxshi ko'rasiz shekilli". Ayolim ularni sizga ravo ko'rgan bo'lardi. Unga gullarni sizga berganimni aytib qo'yaman,- dedi
Qiz gullarni qabul qildi va avtobusdan tushib ketayotgan qariyani jimgina kuzatib qoldi. Diqqat savol qariya qayerga ketayotgandi ?
Qiz gullarni qabul qildi va avtobusdan tushib ketayotgan qariyani jimgina kuzatib qoldi. Diqqat savol qariya qayerga ketayotgandi ?
Javobni ko'rish
Qabriston